Paygʻambarimiz Muhammad ﷺ ning siyratlari: ota-onalari, dunyoga kelishlari va emizilishlari
Allohning suyuklisi — Habibulloh, paygʻambarlar sarvari Muhammad Mustafo ﷺ ning siyratlariga kirishar ekanmiz, maqsad U zotni yaqindan tanish va tanitishdir. Lekin bu, U zotni “tanib”, sodir boʻlgan voqea-hodisalarni shunchaki “tarixiy fakt” yoki, “badiiy ijod” tarzida talqin qilish emas, balki bundan U zot ﷺ ning siyratlarini oʻrganish mobaynida hayotiy ibrat va xuloslar chiqarish, bu orqali dunyo va oxirat baxtiga yoʻllanma olish koʻzda tutilgan. Yashar ekanmiz vaqt atalmish jarayon insonlarni birin-ketin oʻz zarvaraqlariga muhrlab bormoqda. Shunday boʻlsada tarix faqat bir Zotnigina oʻziga sharaf va insoniyatga goʻzal namuna sifatida koʻrsatib kelmoqda. Savol tugʻiladiki, “Bu zot qolgan insonlar kabi odam farzandi boʻlsa, bu ulugʻlikka-eʼzozga ”istedodi-talanti“ tufayli ega chiqdimi? Yoki, bunda boshqa bir ”sir-asror“ yashirinmi? U zot bilan boʻlgan turli hodisalar har kim bilan sodir boʻlishi mumkin-u, U kishi shunchaki ”tasodifiy omad sohibi”mi?! Bunga oʻxshash savollarga javobni, xolis niyat va toʻgʻri yondashuv bizga hamroh boʻlgan holida, u zotni atroflicha oʻrganib toʻgʻri tanish orqaligina topsa boʻladi: U zoti sharif Muhammad ﷺ insoniyat faxri boʻlish bilan bir qatorda avvalo, Alloh Taolo oʻzining hikmati ilohiysi ila bandalari orasidan tanlab olgan paygʻambarlari ichra yuborilishda soʻnggisi boʻlsada, maqtovli maqomlar ichra ularning avvali, olamlarga rahmat-magʻfirat, muallim, murabbiy, muzakkiy¹ qilib yuborilgan, uning insu-jinga tuhfa-fazlu karamidirlar. Buni yaxshilab yodimizda saqlamas ekanmiz, U zotning siyratlariga yondashuvda xatoga yoʻl qoʻyib, Muhammad ﷺni shunchaki tarixiy istedodli-fenomen sifatida talqin etib toyilishimiz mumkin. Bildik-ki, U zot ﷺ shunchaki bir insongina emas, balki ilohiy moʻjizalar ila elchiligi, paygʻambarligi tasdiqlangan, xato-kamchilik va nuqsonu-gunohlardan maʼsum va mahfuz, insoniyatga xitobida Alloh azza va jallaning vahiysi ila murojaat qilgan, dunyoni ham moddiy ham maʼnaviy zulmat botqoqligidan nurli keng va toʻgʻri yoʻlga chorlagan va olib chiqqan, oʻz qardoshi bashariyatga mehribon va rahimli boʻlish barobarida xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchi, soʻzlari sheʼr ham emas, yolgʻon ham emas, kohinligu-majnunlik ham emas faqat va faqat Allohning vahiysi boʻlgan, Alloh oʻz kalomida uni oliy xulq, goʻzal naʼmuna uzra deya taʼrif etgan, doimo maqtovlarning oliysiga sazovor boʻlgan Ahmadu-Mahmud, Muhammad Mujtabodirlar.
U zotni taʼriflashda davom etar ekanmiz quyidagi nuqtalarga eʼtibor qaratamiz:
1. On xazrat ﷺ ga buyurgan va qaytargan ishlarida soʻzsiz ergashishni Aliym va Hakiym Alloh amr etgan.
2. U Zot ﷺga ergashish Allohning muhabbatiga olib boruvchi yoʻl sifatida ayni Alloh taolo tomonidan bayon etilgan.
3. U zot ﷺdan yuz burish, aziyat berish yoki aziyatga eltuvchi ish qilish, kufr, gunohi kabira yoki amallarni habata etguvchi qilmish sifatida uqtirilgan.
4. U zot ﷺning sunnatlariga muvofiq turmush kechirish dunyo va oxiratdagi mutloq saodat va qiyomat kuniga qadar shundayligicha dunyoni toʻlaqonli obod etishning yagona yoʻriqnomasi sifatida qoladi.
5. Alloh va farishtalar u zotga salot-salom aytishligi oydin, qadrlariga yetish insoniyat boʻynida qoimdir.
6. Allohning soʻnggi Nabiy va Rosuli, uning Quli, olam ichra takrorlanmas shaxsiyat, bu faqat Muhammad ﷺ dirlar.
Shu oʻrinda, yuqorida aytilgan soʻzlar shunchaki shoirona majoz, yoki boʻlmasa, soʻzlarni adabiy tarzda mohirona qoʻllash orqali yigʻilgan bir uyum soʻzlar birikmasi emas, aksincha asosli va ishonchli haqiqatligini qisqacha isbotlashga kirishamiz:
Alloh Taolo Qurʼoni karimning bir qancha oyatlarida quyidagicha marhmat qiladi:
{ لَقَدۡ مَنَّ ٱللَّهُ عَلَى ٱلۡمُؤۡمِنِينَ إِذۡ بَعَثَ فِيهِمۡ رَسُولٗا مِّنۡ أَنفُسِهِمۡ يَتۡلُواْ عَلَيۡهِمۡ ءَايَٰتِهِۦ وَيُزَكِّيهِمۡ وَيُعَلِّمُهُمُ ٱلۡكِتَٰبَ وَٱلۡحِكۡمَةَ وَإِن كَانُواْ مِن قَبۡلُ لَفِي ضَلَٰلٖ مُّبِينٍ }
[سُورَةُ آلِ عِمۡرَانَ: ١٦٤]
Batahqiq, Alloh moʻminlarga oʻzlaridan Paygʻambar yuborib, neʼmat berdi. U alarga Allohning oyatlarini tilovat qilib beradir, ularni poklaydir, kitob va hikmatni oʻrgatadir. Garchi oldin ochiq-oydin adashuvda boʻlsalar ham. (Oli Imron surasi 164-oyat)
{ لَقَدۡ جَآءَكُمۡ رَسُولٞ مِّنۡ أَنفُسِكُمۡ عَزِيزٌ عَلَيۡهِ مَا عَنِتُّمۡ حَرِيصٌ عَلَيۡكُم
بِٱلۡمُؤۡمِنِينَ رَءُوفٞ رَّحِيمٞ }
[سُورَةُ التَّوۡبَةِ: ١٢٨]
Batahqiq, sizlarga oʻzingizdan boʻlgan, sizning mashaqqat chekishingiz uning uchun ogʻir boʻlgan, sizning (saodatga yetishingizga) tashna, moʻminlarga marhamatli, mehribon boʻlgan Paygʻambar keldi. (Tavba surasi 128-oyat)
{ وَمَآ أَرۡسَلۡنَٰكَ إِلَّا رَحۡمَةٗ لِّلۡعَٰلَمِينَ }
[سُورَةُ الأَنبِيَاءِ: ١٠٧]
Biz seni olamlarga faqat rahmat qilib yubordik. (Anbiyo surasi 107-oyat)
{ وَإِنَّكَ لَعَلَىٰ خُلُقٍ عَظِيمٖ }
[سُورَةُ القَلَمِ: ٤]
Va albatta, sen ulkan xulq uzradursan. (Qalam surasi 4-oyat)
{ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِيُّ إِنَّآ أَرۡسَلۡنَٰكَ شَٰهِدٗا وَمُبَشِّرٗا وَنَذِيرٗا }
[سُورَةُ الأَحۡزَابِ: ٤٥]
Ey Nabiy, albatta, Biz seni guvohlik berguvchi, xushxabar eltguvchi va ogohlantirguvchi
{ وَدَاعِيًا إِلَى ٱللَّهِ بِإِذۡنِهِۦ وَسِرَاجٗا مُّنِيرٗا }
[سُورَةُ الأَحۡزَابِ: ٤٦]
Oʻz izni ila Allohga daʼvat qilguvchi hamda nurli chiroq qilib yubordik.
{ وَبَشِّرِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ بِأَنَّ لَهُم مِّنَ ٱللَّهِ فَضۡلٗا كَبِيرٗا }
[سُورَةُ الأَحۡزَابِ: ٤٧]
Moʻminlarga, albatta, ularga Allohdan ulugʻ fazlu marhamat boʻlishi haqida xushxabar ber. (Ahzob surasi 45-46-47-oyatlar)
{ إِنَّآ أَعۡطَيۡنَٰكَ ٱلۡكَوۡثَرَ }
Albatta, Biz senga Kavsarni berdik.
{ فَصَلِّ لِرَبِّكَ وَٱنۡحَرۡ }
Bas, Robbingga namoz oʻqi va jonlik soʻy.
{ إِنَّ شَانِئَكَ هُوَ ٱلۡأَبۡتَرُ }
[سُورَةُ الكَوۡثَرِ: ٣]
Albatta, seni yomon koʻrib, ayblovchining orqasi kesikdir. (Kavsar surasi)
{ وَإِذۡ أَخَذَ ٱللَّهُ مِيثَٰقَ ٱلنَّبِيِّـۧنَ لَمَآ ءَاتَيۡتُكُم مِّن كِتَٰبٖ وَحِكۡمَةٖ ثُمَّ جَآءَكُمۡ رَسُولٞ مُّصَدِّقٞ لِّمَا مَعَكُمۡ لَتُؤۡمِنُنَّ بِهِۦ وَلَتَنصُرُنَّهُۥۚ قَالَ ءَأَقۡرَرۡتُمۡ وَأَخَذۡتُمۡ عَلَىٰ ذَٰلِكُمۡ إِصۡرِيۖ قَالُوٓاْ أَقۡرَرۡنَاۚ قَالَ فَٱشۡهَدُواْ وَأَنَا۠ مَعَكُم مِّنَ ٱلشَّٰهِدِينَ }
[سُورَةُ آلِ عِمۡرَانَ: ٨١]
Alloh Nabiylardan: “Sizlarga kitob va hikmat berganim uchun, ketingizdan sizlardagi narsani tasdiqlovchi Paygʻambar kelganda, albatta unga iymon keltirasiz va yordam berasiz, –deb ahdu paymonlarini olib turib: –Iqror boʻldingizmi? Bu haqda ishonchli ahdu paymonimni qabul qildingizmi?” deganini esla. Ular: “Iqror boʻldik”, deyishdi. U: “Bas, guvoh boʻlinglar, men ham guvoh boʻluvchilardanman”, dedi. (Oli Imron 81-oyat)
{ مَّا كَانَ مُحَمَّدٌ أَبَآ أَحَدٖ مِّن رِّجَالِكُمۡ وَلَٰكِن رَّسُولَ ٱللَّهِ وَخَاتَمَ ٱلنَّبِيِّـۧنَۗ وَكَانَ ٱللَّهُ بِكُلِّ شَيۡءٍ عَلِيمٗا }
[سُورَةُ الأَحۡزَابِ: ٤٠]
Muhammad ﷺ sizlardan biron erkakning otasi boʻlgan emas. Lekin Allohning Rasuli va Nabiylarning soʻnggisidir. Alloh har bir narsani oʻta bilguvchidir. (Ahzob surasi 40-oyat)
{ قُلۡ إِن كُنتُمۡ تُحِبُّونَ ٱللَّهَ فَٱتَّبِعُونِي يُحۡبِبۡكُمُ ٱللَّهُ وَيَغۡفِرۡ لَكُمۡ ذُنُوبَكُمۡۚ وَٱللَّهُ غَفُورٞ رَّحِيمٞ }
Sen: “Agar Allohga muhabbat qilsangiz, bas, menga ergashing. Alloh sizga muhabbat qiladi va sizlarni gunohlaringizni magʻfirat qiladi”, deb ayt.
{ قُلۡ أَطِيعُواْ ٱللَّهَ وَٱلرَّسُولَۖ فَإِن تَوَلَّوۡاْ فَإِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلۡكَٰفِرِينَ }
[سُورَةُ آلِ عِمۡرَانَ: ٣١-٣٢]
Allohga va Rasulga itoat qiling. Bas, agar ortga qaytsangiz, Alloh, albatta, kofirlarga muhabbat qilmas. (Oli Imron 31-32-oyat)
{ ٱلۡيَوۡمَ أَكۡمَلۡتُ لَكُمۡ دِينَكُمۡ وَأَتۡمَمۡتُ عَلَيۡكُمۡ نِعۡمَتِي وَرَضِيتُ لَكُمُ ٱلۡإِسۡلَٰمَ دِينٗاۚ}
[سُورَةُ المَائـِدَةِ: ٣]
Bugungi kunda Men sizning diningizni mukammal qilib berdim. Sizga neʼmatimni batamom qildim. Va sizga Islomni din deb rozi boʻldim.
(Moida surasi 3-oyatdan)
{ لَّقَدۡ كَانَ لَكُمۡ فِي رَسُولِ ٱللَّهِ أُسۡوَةٌ حَسَنَةٞ لِّمَن كَانَ يَرۡجُواْ ٱللَّهَ وَٱلۡيَوۡمَ ٱلۡأٓخِرَ وَذَكَرَ ٱللَّهَ كَثِيرٗا }
[سُورَةُ الأَحۡزَابِ: ٢١]
Batahqiq, sizlar uchun–Allohdan va oxirat kunidan umidvor boʻlganlar uchun va Allohni koʻp zikr qilganlar uchun Rasulullohda goʻzal oʻrnak bor edi.
(Ahzob surasi 21-oyat)
{ إِلَّا تَنصُرُوهُ فَقَدۡ نَصَرَهُ ٱللَّهُ إِذۡ أَخۡرَجَهُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ثَانِيَ ٱثۡنَيۡنِ إِذۡ هُمَا فِي ٱلۡغَارِ إِذۡ يَقُولُ لِصَٰحِبِهِۦ لَا تَحۡزَنۡ إِنَّ ٱللَّهَ مَعَنَاۖ فَأَنزَلَ ٱللَّهُ سَكِينَتَهُۥ عَلَيۡهِ وَأَيَّدَهُۥ بِجُنُودٖ لَّمۡ تَرَوۡهَا وَجَعَلَ كَلِمَةَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ٱلسُّفۡلَىٰۗ وَكَلِمَةُ ٱللَّهِ هِيَ ٱلۡعُلۡيَاۗ وَٱللَّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌ }
[سُورَةُ التَّوۡبَةِ: ٤٠]
Agar siz unga yordam bermasangiz, batahqiq, Alloh unga, kufr keltirganlar uni ikki kishining biri boʻlgan holida chiqarganlarida, nusrat berdi. Ular ikkovlon gʻorda turganlarida, u sherigiga, xafa boʻlma, Alloh, albatta, biz bilan, dedi. Bas, Alloh uning ustidan Oʻz sokinligini nozil qildi va siz koʻrmagan lashkarlar bilan qoʻlladi. Kufr keltirganlar kalimasini past qildi. Allohning kalimasi esa, oʻzi yuqori. Alloh gʻolib va hikmatli zotdir.
(Tavba surasi 40-oyat)
{ ٱلَّذِينَ يَتَّبِعُونَ ٱلرَّسُولَ ٱلنَّبِيَّ ٱلۡأُمِّيَّ ٱلَّذِي يَجِدُونَهُۥ مَكۡتُوبًا عِندَهُمۡ فِي ٱلتَّوۡرَىٰةِ وَٱلۡإِنجِيلِ يَأۡمُرُهُم بِٱلۡمَعۡرُوفِ وَيَنۡهَىٰهُمۡ عَنِ ٱلۡمُنكَرِ وَيُحِلُّ لَهُمُ ٱلطَّيِّبَٰتِ وَيُحَرِّمُ عَلَيۡهِمُ ٱلۡخَبَٰٓئِثَ وَيَضَعُ عَنۡهُمۡ إِصۡرَهُمۡ وَٱلۡأَغۡلَٰلَ ٱلَّتِي كَانَتۡ عَلَيۡهِمۡۚ فَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ بِهِۦ وَعَزَّرُوهُ وَنَصَرُوهُ وَٱتَّبَعُواْ ٱلنُّورَ ٱلَّذِيٓ أُنزِلَ مَعَهُۥٓ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡمُفۡلِحُونَ }
[سُورَةُ الأَعۡرَافِ: ١٥٧]
Ular oʻz huzurlaridagi Tavrot va Injilda yozilgan holida topiladigan, ularni yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaradigan, ularga pokiza narsalarni halol qilib, nopok narsalarni harom qiladigan, ustilaridagi yukni yengillatib, kishanlarni yechadigan ummiy, Nabiy, Paygʻambarga ergashadilar. Bas, unga iymon keltirib, yordam berib va uni qoʻllab-quvvatlagan hamda unga nozil boʻlgan nurga ergashganlar–ana oʻshalar najot topguvchilardir”, dedi. (Aʼrof surasi 157-oyat)
صدق الله العظيم!
Buyuk Alloh rost aytdi!
“Paygʻambar kim?, Muhammad Mustafo ﷺ qanday zot? Martabalari qanday?”
bular haqida qisqacha maʼlumotga ega boʻldik, endi U zotning tugʻilishlari doirasidagi mavzuga kirishamiz. Undagi gʻaroyibotlar bilan tanishamiz, oyat hadislardan kelib chiqadi-ki, U zot ﷺ ning yaratilishlaridan tortib, qaysi oy va kunda tavallud topishlari boʻlsin, qaysi nasabdan, qanday ota-onadan tugʻilganlari, bularning bari oʻziga xos biz bilgan va bilmagan hikmatlarga toʻla, zero islom aqidasida “tasodif” deya atalmish tushunchaga hech bir oʻrin yoʻq. Har narsa Allohning hikmati va ilmi, irodasiga muvofiqdir. Demak u kunda sodir boʻlgan turli gʻaroyibotlarga inkoriy hayrat nazarida qarashga hech bir oʻrin yoʻq. Inshaalloh qalblarimiz buni anglash ila poklanib, zavqu-shavqqa toʻladi, ibratlanadi...
U zotning ulamolar ittifoqiga koʻra ishonchli deya bilinadigan nasablari quyidagicha:
Otalari Abdulloh u kishinig otalari Abdulmuttolib (ismlari Shayba) ibn Hoshim(ismlari Amr) ibn Abdu Manof(ismlari Mugʻiyra) ibn Qusoy(ismlari Zayd) ibn Kilob(ismlari Hakim) ibn Murro ibn Kaʼb ibn Luay ibn Gʻolib ibn Fihr (ismlari Quraysh) ibn Molik ibn Nazr ibn Kinona ibn Xuzayma ibn Mudrika ibn Ilyos ibn Muzor ibn Nizor ibn Maʼd ibn Adnon ( Adnon esa silsilada Ismoil alayhissalomga borishi aniq va maʼlum.)
Onalari tomondan nasablari quyidagicha:
Omina binti Vahb ibn Abdumanof ibn Zuhra Ibn Kilob. Onalarining nasablari shu nuqtada otalarining nasablari bilan birlashadi.
Rosululloh ﷺ ning ota-onalari nikohlanishlari
Abdulloh ibn Abdulmuttolib otalariga eng suyukli farzandlaridan edi. Abdulmuttolib otalik vazifasi oʻlaroq Abdullohni Omina binti Vahb bilan nikohladilar. Bir necha hadislarda keladiki Rosululloh ﷺ ning nasablarida hech bir zino yoki buzuqlik aralshmagan. Barcha ajdodlari Alloh joriy qilgan muqaddas Nikoh rishtasi ila uylangan. Alloh ushbu oilani sarvari koinot Muhammad Mustafo ﷺ uchun eng goʻzal suratda saqlagan. Bu ham Allohning u zotga boʻlgan rahmatidan bir nishona. Nikoh paytida Otalarining yoshi ayrim manbalarda 25 va ayrimlarida 18 yosh deya aytiladi. Sayyid Abdulloh tanishib oʻtganimizday Qurayshning hasab va nasab jihatlama eng oliysi edilar. Onalari sayyida Omina boʻlsa Makka ayollarining eng iffatli, goʻzal, oqila ayoli edilar. Ular birga hayot kechirishni boshlagach olamlarga xushxabar yoyildi, buni payqaganlar payqamaganlardan koʻp boʻldi. Olamlarga rahmat paygʻambarga Sayyida Omina homilador boʻldilar... Tez orada On xazrat ﷺ ga onalari qornidalik paytlaridan boshlab qattiq sinovlar kela boshladi, Muhammad ﷺ ikki oylik homila vaqtlarida otalari Abdulloh Madinada Shomdan safardan qaytish chogʻida vafot qildilar. U zot Dor an Nabigʻo degan yerga dafn qilindi. Bunda ham albatta ulkan hikmatlar yashirin edi...
Ona qornida 6 oylik boʻlganlarida “Xudoning doʻsti, oxirzamon Paygʻambariga yuklik boʻlding, — deb Ominaga tushlarida bashorat boʻldi. — Bu muborak oʻgʻil tugʻilgan soʻngida oti Muhammad boʻlsin”, deyildi. Tugʻilgan chogʻlarida Abdulmuttolibga ham bu ism ilhom qilindi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam hazrati Iso alayhissalomdan 571-yil keyin tugʻildilar. U zamonda Eron mamlakatida mashhur Noʻshiravon Odil podshoh edi. Odil podshoh zamonida tugʻildim, degan soʻzlari rivoyati ham bor. Rabbiul-avval oyining 12-si dushanba sahar vaqtida dunyoga keldilar. Ona qornida yotishlari, onadan tugʻilishlari boshqa bolalardek boʻlmadi. Onalari Sayyida Omina yuklik xotinlarga boʻladigan badan ogʻirliklarining hech birini tortmadilar. Va nihoyat oʻsha kutulgan onlar yaqinlashdi...
Ayrim manbalarda keltirilishicha u zotga doyalikka Allohning qudrati bilan hazrati Maryam, hazrati Osiyo va boshqa bir necha hur qizlar hozir boʻldilar. Bola tuqqan xotinlardek odatdagi toʻlgʻoq tortish, qursoq ogʻrigʻi, qon kelishiga oʻxshash narsalardan hech biri boʻlmadi. Paygʻambarimiz tugʻilganlarida poklik, tozalik bilan vujudga keldilar. Shundoqki, sunnat qilingan edilar. Kindiklari kesilgan, badanlari yogʻlangan, xush islik narsalar surtilgan holda tugʻildilar. Ayrim manbalarda esa bu paytda sahobiy Abdurrahmon ibn Avfning onalari Shifo hozir boʻlganlari aytiladi.
Shunday qilib Paygʻambarimiz ﷺ dunyoga kelgan kechada ul zotning sharaf va hurmatlari uchun Xudoi taolo koʻp moʻjizalar koʻrsatdi. Bu zamonda odamlar , oʻtgan paygʻambarlarning koʻrsatgan haq dinlaridan adashgan jaholat botqogʻiga gʻarq boʻlgan edi. Arab mushriklari tarafidan Baytullohga 360 dona but osilgan arablarning har bir urugʻi oʻzlariga atab, Baytullohga bir donadan but osib qoʻyishni odat qilgan edilar. Mana shu butlar Paygʻambarimiz tugʻilgan kechada hammalari yuztuban yiqilib, yerga tushadi. Ertalab kelgan kofirlar bu holni koʻrib, hayron qoladilar. Yana Ona qornidan yerga tushgan chogʻlarida bir nur paydo boʻldi, uning yorugʻligidan Shom viloyatidagi Busro degan shaharning saroylari koʻrindi. Makka shahri bilan buning oraligʻi 50 kunlik yoʻl edi. Hozirgi Eron xalqi u zamonlarda hammalari otashparast kofir edilar. Tutgan dinlari esa majusiylik dini — oʻtparastlik edi. Bularning ibodatxonalaridagi ming yillab, uzun zamonlardin beri oʻchmay, yonib turgan hisobsiz oʻtlari Paygʻambarimiz ona qornidan tushgan chogʻlarida oʻchib qoldi. Yana ul mamlakatda Sova degan bir koʻl bor edi, shu kechada yerga singib ketib Samova degan choʻldan qaynab chiqdi. U choʻl suvga toʻldi, koʻlga aylandi. Bunda ham olamga oʻziga xos ishorlar boʻlsa ajab emas, zero bu kundan boshlab ikki zolim imperiya zulmlari iskanjasidan yer yuzi ozod boʻlishi boshlangan edi. Bu tugʻilish nafaqat bashariyatga butun olamalarga taʼalluqli boʻlganidanmi yeru-osmon, nabototu-jamodot qoʻyingki barcha olam sevindi, shayton alayhi laʼna va uning tobe’lari esa larzaga tushdi...
Muhammad ﷺ ilk bor emizilishlari va sut onalari
U zotni ilk emizish onalari Sayyida Ominaga nasib boʻldi, u zot ﷺ ni oʻz koʻksilarida 7 kun tutish sharafini tuydilar. Goʻyo bu ila Rosululloh ﷺ onalari taftidan oz boʻlsada orom olgan edilar va buni aslo unutmadilar ham. Buni u zot ﷺ onalari qabrlarini ziyorat qilar ekanlar Allohga onalari Sayyida Omina haqqida iltijo qilganlarida koʻrishimiz mumkin. Shu oʻrinda aytib oʻtish lozimki, ahli sunna valjamoa u zot ﷺ ning ota-onalari haqida nojoʻya soʻzlar aytishdan qaytaradilar, bil-aks ularni jannatiy ekanliklari borasida shubhaga oʻrin qoldirmaydigan dalillarni keltiradilar. U zot bu muborak ona ila koʻp vaqt yashamadilar, tez orada Makka urfiga koʻra emizilish uchun qishloqqa qarab yuzlandilar. Bu odat ham garchi onani bolasidan ayirsada, foydali tomonlari ham bor edi. Masalan qishloq havosi shaharnikidan sof va tabiati toza ham bepoyon edi. Bu oʻz navbatida bolaning nimjon, ufqi tor boʻlib voyaga yetishidan bir navi himoya edi.
Makkada Baʼni Saʼd ayollari
Ular emizishga bola qidirib yurishibdi, lekin ularning hech biri otasi vafot etgan yetimgina qolgan goʻdakni olgisi yoʻq, chunki ular u haqida otasi oʻlgani va yetimligini eshitishgan edi. Boshqa maʼlumot bilishmas edi, unga yaqinlashib ham koʻrishmadi... Taqdiri ilohiy bilan eshagi oriqligidan yiqilay deb zoʻrgʻa qadam bosgani uchun Halima Saʼdiyya qabilasidan ortda qolib kelar edi. Halima Saʼdiyyani Makkada hali oʻzi bilmagan bir ajib hol kutmoqda... Makka. Badavlat oila farzandlarini allaqachon qabila ayollari ilib ketgan, atrofda unga farzand beradigan hech kimsa yoʻq... Shu fursatda olamlarga rahmat boʻlgan Muhammad Muxtor ﷺ ga koʻksini tutish unga nasib etdi. Halima Saʼdiyya Sayyida Omina bilan koʻrishgach bolani qoʻlga olar ekan shu chogʻdan unga muhabbati tushdi va onalik qilishni boshladi. U zot ﷺ sal qolsa bu urfdan chetda qolishlari mumkin edi, buning sababi esa otasiz yetim qolganlari, ayollarga esa puldor otali bolalar kerakligi edi... Alloh oʻz Rosuliga tanlagan oila esa nihoyatda yaxshi va gʻamxoʻr edi.
Rosululloh ﷺ oz fursatgina onalari bilan boʻlib, Makkadan chiqib keta boshladilar. Hammadan kech qolib kelgan Halima uyiga Hammadan ilgʻorlab yetib keldi. U zotdagi baraka va muattar ifor chor atrofni qamradi. Ularning rizqlari barakaga toʻldi. Hatto chorvalari qayerda oʻtlasa ana oʻsha yer hamma uchun goʻyo rizqqa toʻla makon deya taʼrif etila boshladi. Shu tariqa kunlar oʻta boshladi, olamga Nur qalbga surur toʻldi!
Oʻzgarish vaqti kelmadimi?!
Mir Arab oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi
3-bosqich tolibi
Abdusamatov Usmonxon Samixon oʻgʻli