Vatan himoyasi oliy burch
Vatan arab tilidagi "ٌوَطَن"- (Vatonun) so'zidan olingan bo'llib: "kishi unda istiqomat qiluvchi, unib-o'suvchi makon"-degan ma'noni ifodalaydi. Lug'aviy jihatdan u makonda tug'ilish yoki, tuģulmaslik ma'nolarini o'z ichiga olmaydi. Demak, har kishi unda muqim yashaydigan yoki unib-o'sgan zaminni, uning "Vatani" deb, atash joiz. Ona Vatan tushunch
asi o'zida – kishi unga qalbiy rishta ila kindik qoni to'kilib, mustahkam bog'langan muqaddas diyor ma'nosini aks ettiradi. Buni muborak atalmish "Ona" lafziga nisbat berilishidan bilsa ham bo'ladi. Musulmon shaxs uchun esa, "Ona Vatan" va "har qarich" islom diyori Vatan hisoblanadi.
Himoya arab tilidagi "حماية"- (Himaayatun) so'zidan olingan bo'llib: uning ma'nosi–bir narsani, unga zararli bo'lgan narsadan "asrash", "saqlash" demakdir.
Vatan va Himoya so'zlarini bir-biriga bo'lgan nisbatini anglasak, "Vatan Himoyasi" nima ekanini xulosa qila olamiz. Bundan tushuniladiki, Vatan muhofazasiga otlangan har bir askar oliy maqomdaligida hech shubha yo'q. Ular agarda dushman qo'shinining zararlarini Vatan sarhadlariga kirishiga yo'l bermay, daf eta olsa, o'zlariga berilgan "VATAN HIMOYACHISI" ma'nosini haqqoniy ado etgan bo'ladi. Chunki, haqiqiy himoya– zarar kirib kelmasidan avval daf etish demakdir. Vatan sarhadlarida dushman bilan kurash esa, qolgan bor hududlarni saqlab qolib himoya etish, dushman bor hududni qaytarish kurashidir, lekin unda ham qisman bo'lsada Vatan himoyasi aks etadi. Yurtboshimiz ham bunga alohida e'tibor qaratib, yillar davomidagi mudofa sohasida olib borilgan ishlarni yanada samaradirligini oshirish, bu uchun kerakli chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish O'zbekiston Respublikasining bu yilgi asosiy dasturlaridan biri bo'lishini o'zlarini yil yakunidagi xalqqa muroja'atlarida ta'kidlab o'tdilar. Har birimiz VATAN HIMOYACHISI degan nomga sazovor bo'lishimiz mumkin. Buning uchun Vatanga yetishi mumkin bo'lgan har qanday zararni hamma o'zi turgan maqomdan kelib chiqib daf etishga kirishishi lozim. Bundan avval esa "Zarar nima-yu?, Men kim?!" degan savolga yaxshilab o'ylab, aniq javob topishi shart. Shundan so'ng o'la- o'lguncha sabot bilan maqsad sari harakatda yashab-kurashadi. Shundagina VATAN HIMOYACHISI nomiga loyiq-sazovor bo'la oladi.O'zbekistonning har bir fuqorosi shu yurtda istiqomat qilar ekan, u Vatan oldida qarzdordir. Qonunchilikka ko'ra har bir Vatandosh Vatan himoyasiga mas'uldir. Vatanga Ona nigohida qarasak, bu qutlug' zaminda tug'ilgan qalb va qon rishtasi ila bog'langan har kas Vatan himoyasiga javobgardir. Yanada xos yondashib musulmon shaxs sifatida yondashilsa, islom o'lkasi bo'lgan har qarich yerning-Vatanning himoyasi farzdir.Zotan bizning Vatan asrlar mobaynida islom diyori bo'lib, o'zini islom olamiga, dunyoga qilgan xizmatlarini, yetishtirgan ulamolari ila namoyon qila oladi. Bunga Imom Abu Hafs Kabir(767-832), Imom Buxoriy(810-870), Imom Termiziy(824-892), Imom Moturidiy(853-944) Nasafiylar-u, Marg'iloniy-Farg'oniylar, Shoshiylar-u, Yassaviy(1093-1166), Najmiddin Kubro(1145-1221), Xorazmiylar, Naqshbandiy-u(1318-1389), Navoiy(1441-1501), Maxdumi A'zam(1461-1542), Mashrab(1657-1711), So'fi Allohyor(1644-1724) va yana ko'plab nomlari tillarda-qalblarda mudom barhayot zotlar misol bo'la oladi.Xullas, har birimizning zimmamizda eng kamida bir, umuman olsak uch bor Vatan haqqi turibti. Alloh Taolo haqlarni ado etishni buyurgan. Musulmon shaxs buni anglab yetishi va hayotini qolgan qismini haqiqiy mo'minday kechirib, Vatan oldidagi burchini ado etishi lozim. Bunga dalolat qiluvchi oyat-hadislar talaygina, lekin bu o'rin ularni zikr qilish uchun torlik qiladi. Vatanni sevish iymondandir*¹, uning himoyasi esa oliy burch va sharafdir. Alloh har birimizga haqlarni ado etishda tavfiq bersin, u qanday ham yaxshi vakil va nusrat beruvchi zotdir!
*¹ Bu ayni so'zma-so'z ravishda hadis bo'lmasada, ma'nosi islomdandir.
2-bosqich talabasi Abdusamatov Usmonxon