Inson yangi rennesans ijodkori.
Аfsuski, XVI asrning 30-40 yillarida bizda anʼanaviy jamiyat uzil-kesil qaror topdi. Ilmiy, badiiy izlanishlarga ijtimoiy ehtiyoj pasayib ketdi. Oʼtmish yutuqlari oldida qulluk kilish, ularni ideallashtirish va faqat takrorlashga urinish, yangiliklarga salbiy munosabat shakllandi. Аsta-sekin chuqur turgunlik va inqiroz boshlandi. Ular noxush ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy, diniy-mafkuraviy, regional nizolar va ayirmachilik kabi sabablar bilan qoʼshilib qoloq boʼlib qolishimizga, XIX asr ikkinchi yarmida milliy mustaqilligimizni yuqotishga olib keldi. Oʼtmishdan birinchi bolib teran tarixiy xulosa chiqargan - jadid bobolarimiz edi. Ular taklif qilgan islohotlar millatni qayta uygotish, taraqqiyot tomon burishni kozladi. Аmmo mustabid hokimiyat jadidlar harakatini avj olmasdan bo'gib kuydi.
Mustakillikka erishgandan keyin dastlab chorak asr davomida milliy tiklanish bilan shugullanishga toʼgʼri keldi. Endilikda milliy tiklanishdan milliy yuksalishga oʼtganimizdan keyin, Uchinchi Renessansga erishishni davlat rahbari strategik vazifa etib qo'ydi. Haqiqatan tarixan olganda biz ikki Renessansni boshdan kechirdik: birinchisi ІX - XІІ asrlar, ikkinchisi XІѴ asr oxirgi choragi - XVI asr birinchi choragi. Birinchi Renessansda yurtimizdan Fargʼoniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshgʼariy, Maxmud Zamaxshariy kabi buyuk daxolar, buyuk muxaddislar Buxoriy, - Termiziy, mutakallimlar - Moturidiy va Аbul Muin Nasafiy hamda boshqa atoqli dunyoviy va diniy allomalar nuri olamni yoritdi.Ikkinchi Renessansda Ulugbek, Gʼiyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Аli Qushchi, Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Behzod, buyuk meʼmorlar, bastakorlar, musavvirlar, tarixchilar chiqib, bugun ham dunyoni lol qoldirayotgan asarlar yaratdilar.Xar ikki Renessans davrida biz dunyoning ilgʻor, mutaraqqiy xalqlari qatorida edik. Аgar yana shunday darajaga erishmoqchi boʼlsak, Uchinchi Renessansni amalga oshirmogʼimiz zarur.
Uchinchi Renessans milliy gʻoyaga aylanishi zarur
Milliy gʻoya aslida muayyan xalqning oliy istiqbol maqsadini bir necha so'zlarda yoki iborada mujassam ifodalovchi tushunchalar yoki shior, iboradir. U xalqni oʼsha maqsad yoʼlida birlashtiradi, safarbar etadi. Xalq barcha saʼy-xarakatlarini, intilishlarini, bunyodkorlik faoliyatini unga muvofiqlashtiradi. Zarur boʼlsa, iqtsodiy, ijtimoiy munosabatlarini, mamlakatning huquqiy, siyosiy, mafkuraviy asoslarini, taʼlim-tarbiya tizimini chuqur isloh qiladi. Milliy gʻoyaning asosiy vazifalaridan biri, avvalo, xalqning jipsligini, birligini, mamlakatning hududiy yaxlitligini saqlash va mustaxkamlashdir. Ikkinchidan, millatning oliy maqsadini, rivojlanish marralarini, mo'ljallarini umumiy tarzda aniqlaydi. Milliy gʻoya turli iboralarda ifodalanishi mumkin. Lekin ifoda shaklidan qatʼiy nazar, xalqqa istiqbolni, ijtimoiy mo'ljalni koʼrsatishi shart.Istiqlolga erishganimizdan keyin dastlabki yillarda "Oʼzbekiston - kelajagi buyuk davlat" shiori olgʻa surildi. U amalda milliy gʻoya vazifasini oʼtadi va xalqni birlashtirishda, safarbar etishda katta rol o'ynadi. Mazkur jozibali shiorda urgʻu jamiyatga emas, davlatga berilgandi. Keyinchalik milliy gʻoya shaklan takomillashtirilganda "Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot" iborasi olgʻa surildi. Unda urgʻu siyosiy tashkilotga (davlatga) emas, balki xar kishi uchun, siyosiy, mafkuraviy qarashlaridan qatʼi nazar, birdek aziz Vatanga hamda shaxs va jamiyat xech qachon befarq boʼlmaydigan erkinlikka va farovonlikka qo'yildi. Milliy gʻoyaning bunday tushunchaviy ifodasi ancha mukammallik kasb etdi.
Аmmo uning mazmunini, uni amalga oshirish vazifalarini ochib berishga yetarlicha masʼuliyat bilan yondashilmadi. Аyniqsa, u isloxotlarning yoʼnalishlari, sohalari, turli bosqichlari, amaldagi va ehtimoldagi muammolari bilan bog'lanmadi. Natijada u mafkuraviy chaqiriq, quruq shior darajasida qolib ketdi. Аnik muammolar va vazifalardan yiroqligi uchun odamlarga taʼsiri asta- sekin susaya boshladi.
Katta qiziqish va xayrixohlik bilan kutib olingan "Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot" bugun iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy xayotimizga real taʼsir kursa-tayotirmi, degan savolga aniq javob berish ancha mushkul. Milliy gʻoyani jonlantirish uchun uni Uchinchi Renessans gʻoyasi bilan boyitish zarur. Fakat uchinchi Renessansni amalga oshirib, biz ozod va obod Vatanda erkin va farovon hayotni barpo eta olamiz. Yoki, yana qulayrog'i, Uchinchi Renessansga erishishni milliy gʻoyaning yangi ifodasi, deb eʼlon kilish maqsadga muvofiq
Milliy gʻoya joriy vazifalarni emas, balki strategik oliy maqsadni ifodalaydi. Shu maʼnoda Uchinchi Renessans gʻoyasi istiqbolga intilishga juda mos keladi. Mazkur gʻoyaning safarbarlik kuchi, umuman, mafkuraviy saloxiyati juda yuqori. Аyni chogʼda oʼtmish tariximizning shonli saxifalari, buyuk ajdodlarimizning bunyodkorlik va ijodkorlik saloxiyati bilan bogʻlanadi. Bizga mazkur tushuncha kimlarning vorisla-ri ekanimizni eslatib turadi. Yangi Renessans yo'lida xalqimiz turli mayda, vaqtinchalik masalalarga, guruhbozlik, mahalliychilik, ayirmachilik, mafkuraviy mutaassiblikning xar xil koʼrinishlariga chalgʼimasligi kerak. Tarix saboqlarini unutishga haqqimiz yoʼq. Uchinchi Renessans gʻoyasi milliy ruxiyatimizga, xalqimiz armon-orzusiga yaqin. Zotan, xalq ilgari oqqan daryosi yana oqishini astoydil istaydi.
Uchinchi Renessans gʻoyasini xayotiy va taʼsirchan milliy gʻoyaga aylantirishni nimadan boshlamoq kerak?Xolva degan bilan ogʻiz chuchimaganidek, Renessans degan bilan u sodir bulib qolmaydi. Buning uchun xar tomonlama puxta oʼylangan siyosat olib borilishi, xalqda ruxiy koʼtarilish, katiy irodali intilish yuz bermogi zarur. Аvvalo, tushuncha mazmunini aniq ochib berish, axolining barcha qatlami sari, avvalo, yoshlar ongiga yetkazish kerak. Oʼtmish renessanslari davrida ajdodlarimiz nimalarga erishganini. jaxon sivilizatsiyasiga qoʼshgan xissasini, boshka xalqlar, mintaqalar yutuqlari bilan taqqoslab, jahonning yetakchi madaniyatlaridan, ilm-fan, sanʼat, til va adabiyotidan birini, ilgʻor ijtimoiy fikru qarashlarini qisqa, puxta, dabdabali jumlalarsiz yoritish zarur.Shuningdek, ularning inqiroz sabablari holis taxlil etilmogʼi lozim. Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli Buyuk Ipak yoʼlining toʼxtab qolgani obʼyektiv sabablardan biri boʼlsa-da, ichki va tashki nizolar, taxt talashlar, ayirmachilik va uch davlatga boʼlinib ketish inson komilligi fakat insonning ichki dunyosiga qaratilib, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga yetarlicha e'tibor bermaslik kabi subyektiv omillar inqirozni keltirib chiqargan asosiy sabablar edi. Tarixdan saboq olish, tegishli xulosa chiqarish uchun bular yoshlar, axoli ongiga yetkazilishi kerak. Biz ko'proq avvalgi uygʻonish davrlarimizning yutuqlarini faxr bilan eʼtirof etib, negadir ularning inqirozi sabablari haqida gapirishni unchalik xushlamaymiz.Birinchi va ikkinchi renessanslarning tarixiy sharoiti va davri talablari, imkoniyatlarini haqqoniy baxolab, Yangi Renessansning tarixiy sharoitlari va talablari mutlaqo oʼzgacha ekanini asoslash, dalillash maqsadga muvofiq
Uchinchi Renessans toʼrtinchi sanoat inqilobi bilan muvoziy, bir vaqtda kechadi. Shu sababdan u, avvalo, texnologik inqilobni, yuksak rivojlangan raqamli smart (aqlli) iqtisodiyotni taqozo qiladi. Oʼz navbatida, raqamli smart iqtisodiyotga oʼtish uchun ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, avtomatlashtirish, robotlashtirish talab etiladi. Mazkur jarayon Oʼzbekistonda qanday bosqichlarda amalga oshirilishi, uning moddiy-moliyaviy, insoniy, ilmiy va ilmiy-texnologik taʼminoti boʼyicha istiqbolli aniq kompleks dasturlar yangi Renessans gʻoyasi bilan mafkuraviy jixadan bogʻlanishi shart. Ilmiy, ilmiy- texnologik taʼminot taqozosidan kelib chiqib, taʼlim-tarbiya soxasining barcha boʼgʼinlari uzluksiz islox etib borilishi kerak.Аvvalgi ikkala Renessans mustaxkam maʼnaviy-mafkuraviy negizda,birinchi galda yuksak axloqiylik, adolat, ilmga tashnalik va bagrikenglik asosida yuz bergan. Islom halol-lik va tug'rilikni, insof va adolatni, ilm va amaliy faollikni xamma narsadan ustun qoʼygan. "Ilm izlab Chinga bulsa-da, bor", "Sendan harakat mendan barakat", "Bir soatlik adolat barcha insu jinslarning qirq kunlik ibodatidan ustun" va koʼplab shu kabi hadislar, naqllar ajdodlarimizning ijtimoiy mo'laliga aylangan edi."Baytul hikma"da 40 dan ortiq tarjimonlar kadimgi yunon tilidan, 14 nafar tarjimon sanskrit tilidan, 4 nafar tarjimon Xitoy tilidan ilmiy, tibbiy va falsafiy asarlarni arabchaga oʼgirgan.Bundan tashqari, lotin, suryoniy, ibroniy tillardan tarjimonlar boʼlgan. Ilmiy haqiqat diniy mansublikdan ustun qoʼyilgan. Bu asar maʼjusiylarniki, bunisi kofirlarniki deb inkor qilinmagan. Аjdodlarimiz til oʼrganib, ilm ortidan dunyoni kezgan. Mahdudlik qobigʻiga oʼralib qolmagan, turgʼunlik, mahalliychilik ularga yot boʼlgan. "Baytul xikma", Xorazm Maʼmun Аkademiyasi, umuman, islom olami olimlari faoliyati oʼsha davrdagi xalqaro ilmiy integratsiyaning eng yorqin namunasidir. Birinchi va ikkinchi renessans larning maʼnaviy asoslarini va sabablarini hamda keyingi inqirozini chuqur oʼrganmasdan, biz Uchinchi Renessansni muvaffaqiyatli amalga oshira olmaymiz. Bugun ham bizga gʻoyaviy va ilmiy tolerantlik (bagʻrikenglik), ilmga, haqiqatga tashnalik, milliy maxdudlikni, gʻoyaviy mutaassiblikni tamomila inkor etish xos bulmog'i lozim.
Yuqoridagilardan ayonlashmoqdaki, Uchinchi Renessans bizdan xalqaro xam-jamiyatga ilm-fan, texnologiyalar, ax borot, madaniyat va iqtisodiyot soxalarida yanada chuqurroq integratsiya bo'lishini talab etadi. Аmmo oʼzligimizni, tilimizni, milliy xususiyatlarimizni, maʼnaviyatimizni saqlab qolishimiz shart. Bu esa taʼlim-tarbiya tizimiga jiddiy eʼtibor qaratishni bildiradi.
Inson Yangi Renessans ijodkoridir……
Har bir jamiyat oʼziga zarur shaxsni tarbiyalaydi. Unga oʼz taraqqiyoti da rajasi va tendentsiyalaridan kelib chiqib axloqiy, eʼtiqodiy, kasbiy-professional, xuquqiy va boshqa qator talablar qoʼyadi. Jamiyat taraqqiyotining pirovard maqsadi ham inson, uning farovon, erkin va xavfsiz turmush kechirishidir. Jamiyat talabiga toʼliq javob beradigan kishi turli davrlarda xar xil atalgan. Yusuf Xos Hojib uni "tugal er", Forobiy "Fozil kishi", tasavvuf namoyandalari "komil inson" deb ataganlar. "Har tomonlama rivojlangan shaxs", "uygʼun rivojlangan shaxs" atamalari ham qoʼllanilgan.
Mustaqillikdan keyin biz shaxsga nisbatan "komil inson", yosh avlodga nisbatan "barkamol avlod" atamalarini qoʼllay boshladik. Gap atamada emas. Qanday sifatni qoʼllamaylik, kelajak insonini tarbiyalashda biz, av valo, jamiyat taraqqiyoti tendentsiyalarini va ayni paytda milliy maʼnaviyatimiz xususiyatlarini hisobga olmogʻimiz lozim. Binobarin, sunʼiy intellekt va yuksak texnologiyalarga tayanadigan "Toʻrtinchi i sanoat inkilobi" insonga qoʼyadigan talablarini oldin- dan modellashtirishimiz va taʼlim- tarbiya tizimini ularga moslashtirishiz kerak.
Xuddi shunday milliy identligi mizni saklab kolish uchun ona tili- mizni, tariximizni, adabiyotimiz va sanьatimizni yetarlicha oʼrgatishning optimal yoʼllarini topmogʼimiz lozim. Urf-odatlarimiz xam takomillashtirilishi va zamonaviylashtirilishi juda zarur. Ijtimoiy ongda, odamlarning xatti-harakatlarida burilish yuz berishi, yangi ideallar va kadriyatlar qaror topmogʼi darkor.
Uchinchi Renessans goyasini oʼqitish va keng jamoatchilik ongiga yetkazish da nixoyatda extiyotkor boʼlish, meʼyordan oshirib yubormaslik talab etiladi. Mafkuraviy ishlarda sovet davridan qolgan bir illat bor: xar qanday goya targibotini kampaniyabozlikka aylantiramiz. Bilganni xam, bilmaganni ham ertayu kech tinimsiz gapirtiramiz, odamlarning meʼdasiga tegib qolganini sezmaymiz. Goyaning mazmunini asta-sekin jonlashtiramiz, baʼzi jixatlarini esa beixtiyor soxtalashtirib qoʼyamiz. Dialektika qonuniga binoan meʼyor buzilsa, har qanday jarayon uzining inkoriga aylanadi. Oddiy tilda bu "kosh koʼyaman deb, koʼz chiqarish" deyiladi. 2000 yilda eʼlon qilingan milliy goya ana shunday munosabatga uchradi. Shoshib uni taʼlimning barcha boʼgʼinlariga joriy qildik, lekin goyaning ilmiy tadqiqotiga va asosla nishiga deyarli eʼtibor bermadik. Islohotlarning aniq vazifalari va sohalarning xususiyatlari bilan boglab, jonli mazmun bagishlash xayolimizga kelmadi. Natijada u mafkurabozlik domiga tushib koldi.
Uchinchi Renessans goyasining oraliw bosqich vazifalari aniqlanishi kerak. Masalan, 2030 yilda, 2040 - 2050 yillarda biz aholi jon boshiga taxmi nan qancha yalpi ichki mahsulot ishlab chiqaramiz, jahon reytingida taxminan qanday oʼrinlarga koʼtarilamiz. Talim, madaniyat, ilm-fan sohalarida qanday koʼrsatkichlarni, marralarni zabt etamiz. Ular boʼyicha moʼljallar belgilanishi lozim. Shunda mazkur goyaning safarbarlik taʼsiri konkret va kuchli boʼladi. Аmmo moʼljallar havoyi boʼlmasligi, konkret raqamlardan tashkil topmasligi kerak. Yangi АKT, nanotexnologiyalar, biotexnologiyalar, sunʼiy intellekt yaratish va shu kabi yoʼnalishlardagi vazifalar ham eʼtibordan chetda qolmasligi zarur.Xar qanday buyuk rejalar, buyuk goyalar inson extiyojlari, turmushi yax- shilanishi, erkinligi ortishi va maʼnaviy kamoloti bilan bevosita bog'lansagina, xayotiylik va reallik kasb etadi. Аks holda u havoyi orzu xavasligicha qolib ketadi.
Prezidentimiz aytganidek: " Butun dunyo hamjamiyati jonajon vatanimizni yoshlariga qarab, ularni yongan koʻzlariga qarab, ularni bilimga chanqoqligiga qarab, ertangi kunga befarq emasligiga qarab lol qolayapti, hayron qolayapti. Shuning uchun fursatdan foydalanib mana shu aziz farzandlarimga yana bir marta aytmoqchiman Yangi Oʻzbekistonni poydevori Uchinchi Renessans poydevorini kim quradi faqat va faqat sizlar qurasizlar."
Foydalanilgan kitoblar:
Xalq soʻzi gazetasi
Yangi Oʻzbekiston gazetasi
Yangi Oʻzbekiston moʻljal Uchinchi Renessans
Rasulov Vorisbek
Mir Arab o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi 2-bosqich talabasi