Erkaklar boshliqdirlar
Bilamizki Islom shariati nafaqat birming to`ryuz yil avval tushirilib, hozirgacha yetib kelgan, balki qiyomatgacha boradigan, harqanday zamon, millat va holatga javob bera oladigan, mukammal shariatdir. Islom dinining asosi bo`lmish Quroni karimda jamiyatninig har-bir jabhasi qamrab olingan bo`lib, uning har-bir a’zosi o`zini tutishi va boshqalar bilan bo`lgan munosabatlari juda daqiqiq va hakimona usulda ko`rsatib berilgan.
Shunday munosabatlardan biri oiladagi er va xotin o`rtasidagi munosabat bo`lib ularning oiladagi o`rni odiloda taqsimlab berilgandir. Alloh taolo Niso surasi 35-oyatda:
الرِّجَالُ قَوَّامُونَ عَلَى النِّسَاءِ بِمَا فَضَّلَ اللَّهُ بَعْضَهُمْ عَلَى بَعْضٍ وَبِمَا أَنْفَقُوا مِنْ أَمْوَالِهِمْ
“Alloh ba`zilarini ba`zilaridan ustun qilgani va mollaridan sarflaganlari uchun erkaklar ayollarga rahbardirlar” deb marhamat qiladi.
Bu oyatda erkaklarning ayollar ustidan rahbar va oila boshlig`i ekanligi aytilibgina qolmay, buning sababi daqiq va balog`aviy usulda bayon qilinyapti. Buning birinchi sababi Alloh taolol erkaklarni kuch-quvvat va irodada ayollardan ustun qilib qo`ygani bo`lsa, ikkinchisi oiladagi barcha sarf xarajatlar, uylanishdan boshlab oilani boqish, ayoli va bolalarining nafaqasi uning zimmasiga yuklangadir.
Bu oyati karimada erkaklarning boshliq ekanligi aytilsada bu oilada ayollar hechkim emas va ularning o`rinlari e’tiborsiz degan narsani keltirib chiqarmaydi. Chunki bu oyatda oddiy inson ilg`ay olmaydigan nozik balog`aviy usul qo`llangan. Olimlar bu oyatdagi “Alloh ba`zilarini ba`zilaridan ustun qilgani…ucun” degan jumlani tafsir qilib aytadilarki aslida Alloh taolo “erkaklarni ayollardan ustun qilgani uchun” deb aytsa, bu qisqa va ixchamroq bo'lar edi. Ammo “ba`zilarini ba`zilaridan” deb keltirishida buyuk bir hikmat bordir, u ham bo`lsa erkak va ayol go`yoki bir ta’na a’zolaridek, erkak bosh bo`ladigan bo`lsa, ayol ta’naning boshqa bir qismidir. Hech bir a’zo boshqasidan ustun bo`la olmaydi, quloq ko`zning o`rnini bosolmaydi, qo`l esa oyoqni. Ularning ta’nadagi o`ziga biriktirilgan muhim roli borki uni boshqasi ado etolmaydi. Oiladaham ayolning ham erkakningham o`z muhim orni borki ularning birisiz oila komil bo`lmaydi va saodatga erisha olmaydi.
Bu oyatda yana bir bo`shqa e’tiborli o`rni borki u ham bo`lsa “erkak” kalimasi “الرِّجَالُ” (ar rijal) yani gramatik e’tibor bilan qaralganda “erkak jinsi” ma’nosida keltirilgan, bu esa har bir erkak ustun degan ma’noni keltirib chiqarmaydi. Qanchadan-qancha ayollar borki ilmda, dinda va amalda erlaridan ustundir.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak erkaklar ayollar ustidan rahbar qilindilar nafaqat ularga nimanidir buyurib, nimadandir qaytarishlik uchun, balki ularni himoya qilish, ular bilan kelishib, o`zaro maslahat bilan chiroyli oila qurish va bu yo`lda barcha mas’uliyatni zimmasiga olib, bor kuch-g`ayratini sarflashligi uchundir.
Yuqorida zikr qilingan bir jumladagi ikki balog`viy daqiq ma’nolardan Qur’oni karimning qanchalik balog`at va fasohatda, ham mo`jaz shu bilan birgalikda purma’no ekanligi, bu faqatgina olamlar Robbisi tomonidan insoniyat saodati uchun tushirilgan mo`jizaviy ilohiy kitobdan boshqa narsa emasligiga ochiq oydin dalolat bordir.
Ismatillo Xolnazarov,
MirArab o`rta maxsus
islom bilim yurti mudarrisi