19.02.2022

BUXORO YAHUDIYLARI

AXMEDOV NARZILLO MUHAMMAD SAIDOVICH
O’ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI MAGISTRANTI

Annotatsiya: ushbu maqolada Buxoro yahudiylarining mintaqaga ko’chib kelishlari, ularning ko’chib kelishiga oid tarixiy faktlar, Buxoriy yahudiylari deb nom olishi, sovet davridagi yahudiylarga bo’lgan munosabatlar haqida ilmiy tahlil olib borilgan. 
Kalit so’zlar: Buxoro yahudiylari, ashkenaz, karaim, haqiqiy yahudiy, sof yahudiy, rus yahudiylari. 
     Yahudiylik dunyoda keng tarqalgan monoteistik dinlardan biridir. Yahudiylik miloddan avvalgi II ming yillikning oxirlarida Falastinda vujudga kelgan yakkaxudolik g’oyasini targ’ib qilgan dindir. Yahudiylik millat dini bo’lib, faqatgina yahudiy xalqiga xos. 
     Yahudiylar O’rta Osiyoga qadim zamonlardan ko’chib kelganlar. Ularning ko’chib kelishlari haqida turli xil rivoyatlar mavjud. Miloddan avvalgi 722 yilda Isroil podshohligi Ossuriya tomonidan, miloddan avvalgi 586 yilda esa Bobil davlati tomonidan bosib olingach, yahudiy xalqining bir qismi o’lkadan haydab chiqarildi. Bu esa yahudiylarning Osiyo o’lkalari bo’ylab tarqalib ketishiga sabab bo’ladirta . Hatto miloddan avvalgi VIII asrlarda ba’zi yahudiylar Isroilni tark etib, Misr, Eron kabi o’lkalarda boshpana topganliklari haqida ham ma’lumotlar bor. Fors davlati ma’lum muddat Osiyoni o’z hukmi ostida tutib turgan va xuddi shu davrda yahudiylarning ko’chib kelishi boshlangan. Yahudiylar O’rta Osiyoda So’g’diyona davlati davrida, ya’ni miloddan avvalgi II asrda paydo bo’ldilar. Ular Eron orqali Marvga kelib, so’ng u yerdan Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharlarga tarqaldilar. 
     Yahudiylarning O’rta Osiyoda paydo bo’lishi tarixi juda murakkabdir. Ko’pchilik tadqiqotchilar ularning bu yerda paydo bo’lishlarini milodning birinchi asrida vujudga kelgan “Buyuk ipak yo’li” faoliyati bilan bog’laydilar. Buyuk ipak yo’li, darhaqiqat, bo’yoqchilik bo’yicha mutaxassis bo’lgan yahudiylarning xom ashyo manbalariga yaqinroq mintaqalarga tarqalishiga sabab bo’lgan. Yahudiylarning Balx shahrida paydo bo’lishlari esa faqatgina milodning IV asriga to’g’ri keladi.1 Yahudiylarning O’rta Osiyoda yashaganliklariga guvohlik beruvchi arxeologik topilmalar ilk bor 1954-yili olimlar tomonidan Turkmanistonning Marv va Bayramali shaharlarida aniqlangan. Bular qadimgi sinagoga qoldiklari, yahudiy yozuvlari va nomalari bitilgan sopol buyumlardir. Topilmalar Yunon-Baqtriya va Parfiya davlatlari hukmronlik qilgan miloddan avvalgi II - milodiy I asrlarga tegishli bo’lgan. 
     1165-yilda Sharqqa sayohat qilgan Veniamin de Tudelning xabar berishicha, Sharqqa tomon qancha uzoqroq kirib borilsa, yahudiylar soni shuncha ko„payib borgan. O’sha davrda Quddus shahrida hammasi bo’lib 4 ming yahudiy yashagan bo’lsa, Basrada ularning soni 2 ming, Damashqda 3 ming, Isfahonda 15 ming, Samarqandda esa 30 ming kishini tashkil qilgan.
1 Шаламаев А., Толмас Х. Страницы литературы бухарских евреев, т.1. Тель-Авив, 1998. С. 28 
     Biroq bu sayyoh Sharqda Bag’dodgacha safar qilib, mahalliy yahudiylarning afsonaviy ma’lumotlariga asoslangan. Arab tarixchilarining ma’lumotlariga ko’ra, Sharqda yahudiylar tomonidan “Yahudiya” deb ataladigan shaharlar qurilgan. Shunday shaharlardan biri Marv shahri yaqinida bo’lgan.2 X-XIII asrlar Buxoro yahudiylari uchun ma’naviy-ruhiy jihatdan o’sish davri bo’ldi. Ular Iroq yahudiy markazidan uzoqda, O’rta Osiyo hududlarida yahudiylikka oid qarashlarini rivojlantirdilar va Tavrot qonunlariga moslashtirdilar. 
     IX-X asrlarda O’rta Osiyoda karaimlar deb ataladigan yahudiy sektasi paydo bo’ladirta . Bu sekta tarafdorlari faqat Tavrotni tan olar, Talmudni esa inkor qilar edilar. X asr O’rta Osiyo karaimlarining ko’zga ko’ringan rahnamolaridan biri g’aznalik Menexem Talmud tarafdorlariga qarshi o’z fikrlarini isbotlash uchun Iskandariyaga safar qilgan. Karaimlar sektasi namoyandalaridan yana biri Xivi al-Balxiy ko’plab asarlar yozib, ularda Talmudni tanqid qilgan va uning ishonchliligiga shubha bilan qaragan. Amir Temur va temuriylar davrida Movarounahr mintaqasiga Erondan ko’pgina yahudiy jamoalari ko’chirib keltirilgan, ularning bir qismi Buxoroda yashagan. Temuriylar davrida O’rta Osiyodagi xristian jamoalari inqirozga uchragan bo’lsalarda, lekin yahudiy jamoalari saqlanib qolgan va o’zlarining diniy markazlaridan ajralib va uzoqlashib qolganliklariga qaramay, ular mintaqada o’z mavqelarini uzoq vaqt egallab turganlar. 
     Buxorolik yahudiylar boshqa yahudiylar bilan bir din vakillari bo’lsalar ham, kelib chiqishi umumiy bo’lsa ham, turli mintaqa va madaniyatlarda asrlar davomida yashaganliklari uchun ular va boshqa yahudiylar o’rtasida madaniy farqlar kelib chiqqan. Ular uchun buxorolik yahudiy bo’lish “pok” va “sof yahudiy” degan ma’noni anglatadi. Shu nuqtai nazardan buxorolik yahudiylar Sharqiy Yevropa, jumladan, Markaziy Osiyodan sovet yerlariga kelib qo„nim topgan ashkenaziy yahudiylarni o’z milliyligini yashirishda, diniy qoidalarga rioya qilmaslikda ayblab, ularga nisbatan “rus yahudiylari” atamasini ishlatgan.3 Bu atama tanlanganligi juda muhimdir. Chunki “rus yahudiylari” atamasida ularning rus tilida “sof” va “haqiqiy” yahudiy emasligi ma‟nosi yashirin bo’lib, ularning aralashib ketgan ekanligini ta’kidlash maqsad qilingan. Buning sababi shundaki, ular yahudiy bo'lmaganlarga turmushga chiqadilar, pasportlarida o'zlarining shaxsini yashiradilar, yahudiylarning urf-odatlari va an’analariga e’tibor bermaydilar.4 Ammo buxorolik yahudiylar hamisha o’zlarining yahudiylik an’analarini himoya qilishlarini va yahudiyligini saqlab qolishlarini da‟vo qilib kelishgan. Bu g’oyadan kelib chiqqan holda, Ashkenazi yahudiylari bilan nikoh buxorolik yahudiylar uchun umuman yahudiy bo’lmaganlar bilan nikoh sifatida qabul qilingan va ular bilan nikoh yahudiy bo’lmaganlar bilan nikohdan kamroq ekanligi aniqlangan. 
     Yahudiy aholisi ikki turga boʻlingan Oʻzbekistonda Buxoro yahudiylari yahudiylikning asli, Ashkenaziy yahudiyligi esa yahudiylikning aralashgan shakli sifatida


2 BIRNBAUM, Philip. Encyclopedia of Jewish Concepts, Hebrew Publishing Company:New York. 1991. S.171.

3 COOPER, Alanna E., Negotiating Identity in the Context of Diaspora, Dispersion and Reunion: The Bukharan Jews and Jewish Peoplehood, Columbia University,Columbia. 2000. 4Zand M. Bukharan Jewish Culture of the Soviet Period: its Formation, Evolvment and Destruction [in:] Bukharan Jews: History, Language, Literature, Culture. Tolmas C. (ed.). [S.l.]: World Bukharian Jewish Congress, 2006, p. 71.

tushuniladi. Bu tushuncha, ular bilan bo'lgan nikohlarda aks etganidek, Ashkenazim uchun qabristonlarda alohida joylarni tayyorlashga sabab bo’ldi. 5 Shu bois Buxoro yahudiylari hamisha mintaqaga keyin kelgan ashkenaziy yahudiylardan oʻzlarini alohida tutib, ularga aralashmaslikka harakat qilganlar. 
     Buxoro yahudiyligining qaror topishi borasida ham turlicha fikrlar mavjud. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Falastinda “Buxoro” koʻp madaniyatli yahudiy dunyosida oʻziga xos etnik birlik sifatida shakllangan. Sayohat, ziyorat qilish, tijorat faoliyati, pul almashtirish, ayg’oqchilik ishi va kitoblar muomalasi natijasida buxorolik yahudiylar atamasi O’rta Osiyodagi diasporadan iborat bo’lgan. 1920-yillarda mintaqada Sovet hokimiyati o‟rnatilgach, savdo va sayohatga qoʻyilgan qattiq cheklovlar u yerdagi yahudiylarning boshqa yahudiy dunyosi bilan aloqa qilishiga toʻsqinlik qildi. Garchi ular vaqt oʻtishi bilan oʻzlarini buxorolik yahudiylar deb atashda davom etgan boʻlsalar ham, bu tavsiflovchi nom ular orasida yahudiylikning maʼlum bir turiga nisbatan “haqiqiy yahudiy” degan maʼnoga ega boʻldi. Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin boshqa yahudiy dunyosi bilan yana yaqin aloqada boʻlgan buxorolik yahudiylar “Buxoro yahudiyligi” haqidagi tushunchalarini qayta koʻrib chiqishga majbur boʻldilar. 
     Bugungi kunda “Buxoro yahudiylari” atamasi va o’ziga xosligida tez o’zgarishlar ro’y bermoqda. Shu nuqtai nazardan, oldingi immigratsiya to'lqinlari paytida Isroil va AQShga ko'chib kelganlarning yangi avlodlari Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin ko'chib kelganlar bilan ko’rishganda, bir-birlaridan farqli ekanliklari ma‟lum bo’ladi va ikkala madaniyat o'rtasida katta farq kelib chiqdi. Ushbu madaniy tabaqalanishning oldingi va keyingi avlodlarini hisobga olsak, uning o'lchamlari tobora kengayib bormoqda. Shuning uchun ham buxorolik yahudiylar atamasi bo’yicha yagona fikr mavjud emas va bu jarayonda buxorolik yahudiylarning o’ziga xosligi borasida turlicha qarashlar paydo bo’ladirta. Buning sababi shundaki, ular umumiy qadriyatlar va fikrlarni baham ko'rishdan, uyg'un jamiyat barpo etishdan uzoqlashgan. Qolaversa, bugungi kunda kim buxorolik yahudiy yoki yo’qligi borasida ittifoqchilikdan ko’ra ko’proq nizo bor. Ayrimlarning fikricha, haqiqiy buxorolik yahudiylar Buxoroni tark etmay, bu shahardan chiqmay yashaydiganlardir.6 Ayrimlarning fikricha, bu davrda O’rta Osiyoda yashaganlarni buxorolik yahudiylar deb bo’lmaydi, chunki ular Sovet davrida ruslar tomonidan kuchli assimilyatsiyaga uchragan. Bunday fikrda bo’lganlar 1920-1930- yillarda, ya’ni 1920-1930-yillarning dastlabki yillarida, sovet davridan oldin yoki shu davr zulmiga duchor bo’lmagan holda Falastin yerlariga ko’chib kelganlardir. O’rta Osiyoda 1990-yillargacha va hozirgacha yashaganlar, sho’rolardan qat’iy nazar, bu mintaqada tug’ilib o’sganlar asl buxorolik yahudiylar ekanligini ta’kidlaydilar. Bu qarash tarafdorlari ko’chib kelganlarni endi haqiqiy buxorolik yahudiylar deb bilishmaydi va ularni “isroillik” deb ham bilishmaydi. Biroq, hamma narsaga qaramay, ko'plab ilmiy tadqiqotlarda, xalq orasida bo'lgani kabi, “Buxoro yahudiylari” atamasi ham ma'lum bir guruh va kimlikni bildirish uchun ishlatiladi.

5 Абрамов М. Бухарские евреи в Самарканде. Самарканд, 1993. С. 14 
6 ARIK, Durmuş., Buhara Yahudileri, GrafikerYayınları:Ankara. 2011. S. 6

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. ARIK, Durmuş., Buhara Yahudileri, Grafiker Yayınları: Ankara. 2011. 
2. BIRNBAUM, Philip. Encyclopedia of Jewish Concepts, Hebrew Publishing Company: New York. 1991. 
3. COOPER, Alanna E., Negotiating Identity in the Context of Diaspora, Dispersion and Reunion: The Bukharan Jews and Jewish Peoplehood, Columbia University,Columbia. 2000. 
4. Абрамов М. Бухарские евреи в Самарканде. Самарканд, 1993 
5. Шаламаев А., Толмас Х. (ред.). Страницы литературы бухарских евреев, т.1. Тель-Авив, 1998 
6. Zand M. Bukharan Jewish Culture of the Soviet Period: its Formation, Evolvment and Destruction [in:] Bukharan Jews: History, Language, Literature, Culture. Tolmas C. (ed.). [S.l.]: World Bukharian Jewish Congress, 2006, p. 56-81


Мир Араб ўрта махсус ислом билим юрти мударриси,
Ўзбекистон Халқаро Ислом Академияси
1- курс магистранти: Нарзилло Ахмедов