TAKBIRI TAHRIMADA QO‘LLAR YeLKA BAROBARIGAChA KO‘TARILIShI
Bismillahir Rohmanir Rohim. Namozga kirishda qo‘llar quloq barobarigacha ko‘tarilib, qo‘lning bosh barmog‘i quloqning yumshog‘iga yetkaziladi va takbiri tahrima – “Allohu akbar” lafzini aytib namozga kiriladi. Qo‘llar ko‘tarilganda kaftning ichki tomoni Qiblaga qaratilib, barmoqlar biroz ochilgan holatda bo‘ladi.
Namozga kirishda qo‘llar quloq barobarigacha ko‘tarilishi haqida bir qancha hadislar kelgan.
عَنْ وَائِلِ بْنِ حُجْرٍ رضي الله عنه،"أَنَّهُ رَأَى النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، رَفَعَ يَدَيْهِ حِينَ دَخَلَ فِي الصَّلَاةِ كَبَّرَ، وَضَعَهُمَا حِيَالَ أُذُنَيْهِ" (رواه الإمام مسلم)
“Voil ibn Hujr raziyallohu anhu: “Men Nabiy sallallohu alayhi vasallamni namozga kirishda takbir aytib, qo‘llarini ko‘tarib, quloqlari barobariga ko‘targanlarini ko‘rdim”, – dedilar (Imom Muslim rivoyati).
عَنْ مَالِكِ بْنِ الْحُوَيْرِثِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ إِذَا كَبَّرَ رَفَعَ يَدَيْهِ حَتَّى يُحَاذِيَ بِهِمَا أُذُنَيْهِ" (رَوَاهُ الإمَامُ مُسلمٌ)
“Molik ibn Huvayris raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam qachon (namozga kirish uchun) takbir aytsalar, ikki qo‘llarini quloqlari barobariga ko‘tarar edilar” (Imom Muslim rivoyati).
Jamoat namoziga kech qolib qo‘shilgan kishi agar imom jahriy qiroat qilayotgan paytda qo‘shilsa, sanoni o‘qimasdan sukut qilib turadi. Imom namozni tugatib salom bergandan so‘ng imom bilan birga o‘qiy olmagan rakatlarni o‘qigani turganda sanoni o‘qiydi. Agar imom maxfiy qiroat qilayotgan bo‘lsa, takbiri tahrimadan so‘ng sanoni o‘qiydi.
Erkaklarga taxrima va iyd takbirlarida qo‘llarini quloq barobarigacha ko‘tarishlari sunnat. Baro ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozni boshlash uchun takbir aytganlarida, qo‘llarini quloqlarini yumshoq joyiga yetguncha ko‘tarardilar“.
Mavsuatul fiqhiyya 284-286
Takbiri tahrimada “Allohu akbar” lafzidagi “a” tovushini cho‘zish, ya’ni “Aaallohu akbar”, deyish (bundan tashqari, “Akbar” lafzidagi “a” tovushini cho‘zib “Aaakbar” va “ba” tovushini cho‘zib “Akbaaar” deyish ham namozni buzadi)
(Manba: “Muxtasarul viqoya” va “Nurul izoh” kitoblari).
Ulamolarimiz: “Hadislarda kelgan “qo‘lni quloq barobariga ko‘tarish”dan maqsad – uni quloqqa tekkizishdir, chunki quloqning yumshog‘iga qo‘l tegishi qo‘lning quloq barobariga ko‘tarilganining aniq belgisidir”, – deganlar. Bu haqda “Al Bahrur-roiq sharhi kanzud-daqoiq” kitobida quyidagilar aytilgan:
وَالْمُرَادُ بِالْمُحَاذَاةِ، أَنْ يَمَسَّ بِإِبْهَامَيْهِ شَحْمَتَيْ أُذُنَيْهِ، لِيَتَيَقَّنَ بِمُحَاذَاةِ يَدَيْهِ بِأُذُنَيْهِ
“Hadisdagi tenglashtirishdan maqsad – ikki qo‘lni quloqlarga tenglashganiga ishonch hosil qilish uchun ikki bosh barmoqni quloqlarning yumshoq joyiga tekkiziladi”.
Namozga kirishda ikki qo‘lni quloq yumshog‘iga tekkizish haqida “Durrul Muxtor” kitobida quyidagilar aytiladi:
مَاسًا بِإِبْهَامَيْهِ شَحْمَتَيْ أُذُنَيْهِ، هُوَ الْمُرَادُ بِالْمُحَاذَاةِ، لِأَنَّهَا لَا تُتَيَقَّنُ إِلَّا بِذَلِكَ
ya’ni: “Ikki bosh barmoqni qulog‘larning yumshoq joyiga tekkizgan holatda takbir aytish – hadislardagi tenglashtirishdan ko‘zda tutilgan narsa shudir. Chunki busiz tenglashganiga ishonch hosil bo‘lmaydi”.
Xulosa qilib aytganda, namozga kirishda takbiri tahrima aytiladi va unda qo‘llar quloq barobaricha ko‘tariladi. Bu hanafiy mazhabimiz ulamolarining ijtihodlari bo‘lib, bu borada Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan ko‘plab sahih hadislar rivoyat qilingan.
Musa Saitov,
Mir Arab o'rta maxsus
islom bilim yurti mudarrisi